1-dars!
Python (oʻqilish Piton) — bu umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili. Dasturlash tili Guido van Rossum tomonidan yaratilgan va birinchi marta 1991 yilda foydalanib koʻrilgan.

Python qayerda ishlatiladi?!
Python eng mashhur 5 ta dasturlash tillaridan biridir. U veb-ishlab chiqish, dasturlarni ishlab chiqish va hatto o’yinlarni ishlab chiqish kabi turli xil IT sohalarida qo’llaniladi.
Python haqida Wikipedia da batafsil o’qib chiqing!
Endi esa Keling biz darsni boshlaylik!
Birinchi bo’lib Pythonni yuklab olamiz!

Yuklab olganingizdan so’ng uni o’rnating:

O’rnatib bo’lganingizdan so’ng «Close» tugmasiga bosing!
Siz Python ni o’rnatdingiz!
Endi esa biz Pythonda kod yozish uchun👉 Pycharm dasturidan foydalananmiz!

PyCharm ni o’rnatamiz:
«Next» tugmasiga bosib Dastur qanday o’rnatishni ko’rsatsa shuni bajaring!

O’rnatganingizdan so’ng uni ishga tushiring:

«Do not import settings» ga belgilab OK ga bosing!
Ko’rinishini tanlang:

Endi birinchi tanlash joyini emas ikkinchi tanlash joyiga bosasiz!
D:/ diskdan Python proektlaringiz uchun Papka yarating, masalan, Python Projects.

<No interpreter> ning joyida biz o’rnatgan Pythonimizni joylashtirishingiz kerak
Bu 3 ta nuqta ustiga bosing, «System Interpreter» bo’limiga kirib strelka ustiga bosib o’rnatilgan python ustiga bosing! Va OK ga bosing!

Natijada Sizda ushbu ekran paydo bo’lishi kerak: So’ng Create ga bosing!

Sizda hammasi o’xshaganidan keyin Yangi fayl yarating:

Endi esa biz «Hello world» ni ekranga chiqaramiz:
print("Hello world")

Bu buyrug’ni berganimizdan keyin yuqoridagi Run tgmasiga bosing va siz da Pastda kod ishlagani haqida xabar keladi!
Tabriklaymiz siz Python dasturlash tilida birinchi dasturingizni ishga tushirdingiz!
Topshiriq
1.Python-ni o’rnating.
2.PyCharm-ni o’rnating.
3.PyCharm-da loyiha yarating.
4.Python faylini yarating va unda print («Hello world») ishga tushiring!
5) Ushbu skriptni ishga tushiring va u ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
Shu bilan birinchi darsimiz tugadi! Agar sizda savollar paydo bo’lsa izohlarda qoldiring! Keyingi darslargacha!
Sodda, juda tushunarli dasturga o’xshaydi. Androidga o’rnatib ko’raman. Qulay dastur deb umid qilaman. Pyxel saytga gap yo’q. 👍
Bu kompyuter uchun!
Дастурларни урнатдим аммо енг охирги кисмида муаммо run буйругини берб булмаябди
telegramdagi guruhimizda yozib qoldiring Screenshot qilib! http://t.me/pyxeluz_chat
Android uchun Pydroid 3 bor.