Kompyuter drayverni yangilashda muammo paydo bo’lsa, muammo ni qanday bartaraf qilish mumkin?!

Ko’pincha bu muammo kompyuteringizda Yangi operatsion tizimni o’rnatganingizdan so’ng paydo bo’ladi, hozirgi Windows 10 OS ni o’rnatganingizdan so’ng, siz hech qanday drayverni yangilashingiz shart emas, Faqatgina kompyuter internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. OS mustaqil ravishda drayverlarni yangilaydi, ammo ba’zi bir drayver lar yangilanmay qolish ehtimoli mavjud, xo’sh?! bu muammoni qanday bartaraf qilishimiz kerak?!

Qidirish joyida Диспетчер устройств yozing va Dasturni oching:

So’ngra siz yangilashingiz kerak bo’lgan drayver ustiga bosing, masalan, ovoz drayverida muammo bo’lsa Звуковые, игровые и видеоустройства bo’limchasiga kirib drayver ustiga sichqonchani o’ng tomondagi Tugmasini bosing va свойства ustiga bosing:

Сведения bo’limiga o’tasiz u yerda Ushbu ko’rinishi bo’ladi:

Siz описание устройства ni ИД оборудование ga o’zgartirasiz u yerdagi birinchi qatordagi yozuvni beligilab Nusxa ko’chirasiz:

Va uni Google da qidirasiz u yerda drayverni yuklab olish uchun turli xil saytlarda havolalar beriladi:

Lekin drayverlarni yuklab olib uchun ishonchli sayt bo’lib qolgan drp.su saytidan yuklab olishingizni maslahat beramiz:

drayverni zip formatda yuklab olasiz, yuklab olish uchun sahifani pastrog’iga tushasiz va pastdagi ko’k havola ustiga bosasiz va Browser ingiz avtomatik ravishda yuklab o’ladi!

U yerda siz yuklab olgan .zip formtdagi faylni zipdan chiqarib oddiy papkaga aylantirib qo’yishingiz kerak!

Yuklab olganingizdan so’ng siz yana Диспетчер устройства

bo’limiga kirasiz va kerakli yangilashingiz kerak bo’lgan drayver ustiga bosib обновить драйвер ustiga bosing va pastdagi найти драйверы на этом компьютере ustiga bosing:

Keyin . ZIP formatdagi fayldan chiqarilgan papka ustiga belgilab OK tugmasiga belgilaysiz:

So’ngra Далее tugmasi ustiga bosasiz va drayver yangilanadi, sizning muammoyingiz ham yechiladi )

Maqolani Sizga foyadasi tekkan bo’lsa biz bundan mamnunmiz!

Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga yoqishi mumkin...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan