Apple dunyo bo‘ylab startaplarni qanday yo‘q qilmoqda va buni qanday qilib to‘xtatish mumkin

Pavel Durov rasmiy xabarining o‘zbek tilidagi talqini.
Telegram Uzbekistan tarjimasi.

Deyarli har oyda Telegram dasturchilar uchun tanlovlar o‘tkazadi. Ushbu tanlovlarning g‘oliblari, dunyoning eng yaxshi dasturchilari, bizdan millionlab dollarni mukofot sifatida olishdi.
Boshqa xalqaro dasturiy tanlovlarda bo‘lgani kabi, bizning musobaqalarimiz g‘oliblarining qariyb yarmi Rossiyadan. Telegram tanlovlarining g‘oliblari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ukraina, uchinchi o‘rinda esa Belarus joy olgan.
Ushbu ulkan ijodiy imkoniyatlarni ko‘rib, 4 yil oldin biz Telegram’da o‘yin yaratuvchilar uchun platformani ishga tushirishga harakat qildik. Biz Sharqiy Yevropaning dasturchilari Telegram xalqaro auditoriyasi uchun xizmatlar yaratib, o‘z iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlarini istardik.
Afsuski, ushbu rejani amalga oshishi nasib etmagan ekan. 2016-yilda Apple kompaniyasi o‘z qoidalariga asoslanib, bizga o‘yin platformasini ishga tushirishni taqiqladi. Biz allaqachon yaratgan Telegram o‘yinlari katalogini va deyarli butun platforma interfeysini olib tashlashimizga majbur bo‘ldik, aks holda Apple bizni Telegram’ni AppStore’dan olib tashlash bilan qo‘rqitdi.
Apple o‘zining bozordagi mavqeini suiiste’mol qilayotgani haqida
Apple o‘z AppStore ilovalar do‘konidan tashqarida iPhone’ga biron-bir ilovalarni o‘rnatishni taqiqlaganligi sababli bizning o‘yin katalogimizni taqiqlagan. Gap shundaki, Apple o‘zining monopol mavqeidan foydalanib, AppStore’dagi barcha ilova dasturchilardan har qanday raqamli xizmatlarni sotishdan aylanmaning 30 foizini unga o‘tkazishni talab qilib kelmoqda. Raqamli xizmatlar — bu, masalan, dasturlardan foydalanish uchun to‘lovlar yoki ulardagi oliy xususiyatlardir. Buning evaziga Apple dasturchilarga ularning ilovalarini iPhone foydalanuvchilari uchun taqdim etishdan boshqa hech narsa bermaydi.
Ilovalar dasturchilari o‘zlarining loyihalarini yaratish, qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish uchun katta kuch va mablag‘ sarflashadi. Ular bir-biri bilan qattiq raqobatlashadi va juda katta xavf-xatarlarga duch kelishadi. Apple o‘z platformasida uchinchi tomon ilovalarini yaratishda deyarli hech qancha mablag‘ sarflamaydi va hech narsada xavfga duch kelmaydi, ammo o‘sha ilovalar aylanmasining 30 foizini olishda umuman tinmaydi. Google’ning Android-smartfonlari uchun ilova dasturchilarida ham vaziyat uncha yaxshi tarafga uzoqlashgan emas.
Ilovalarni yaratuvchilar olgan pullarining ish haqi, xosting, marketing, litsenziyalar, davlat soliqlarini to‘lash uchun atigi uchdan ikki qismiga egalar. Ko‘pincha bu barcha xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas va foydalanuvchilar uchun narxlarni yana ko‘tarishning iloji yo‘q — axir shunda foydalanuvchilar tomonidan talab pasayib ketadi. 30 foizli haq undirilishiga qaramay, daromadli bo‘lib qolishni uddalay olayotgan loyihalar deyarli har doim o‘zlarining yaratuvchilariga Apple va Google kompaniyalarining duopoliyasiga (2 kompaniya hukmronligiga) qaraganda kamroq sof foyda olib keladi.
Apple va Google soliqlari ilova dasturchilariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda
Aslida, bugungi kunda smartfonlar foydalanuvchisiga oliy va raqamli xizmatlarni sotadigan dunyoning barcha ishlab chiqaruvchilari Apple va Google’ga o‘zlariga nisbatan ko‘proq ishlaydi. Natijada, Apple va Google o‘zlarining offshor hisoblarida o‘nlab milliard dollarni to‘plashmoqda. Shu vaqtning o‘zida butun dunyo bo‘ylab yuz minglab mahalliy dasturchilar jamoalari iqtisodiy jihatdan yo‘q bo‘lib ketish xavfida bo‘lib kelmoqda. Startaplarga o‘z mahsulotlarini yaxshilashni davom ettirishga va foydalanuvchilarni xursand qilishga imkon beradigan mablag‘lar Apple va Google balansida saqlanadi.

Bu raqamli iqtisodiyotning katta bo‘limlari raqobat bo‘lmagan taqdirdagina mavjud bo‘lgan juda katta yig‘im bilan kuchsizlantirilgan holatning markazlashuv va muvozanatsizlikning misli ko‘rilmagan namunasidir.
Raqamli xizmatlar dasturchilari hech qachon bu qadar haqsiz va qaram bo‘lishmagan. Hatto 90-yillarda Microsoft’ning operatsion tizimlar bozorida to‘liq hukmronligi davrida ham dastur ishlab chiquvchilari Windows uchun dasturlarini daromadlaridan hech qanday foizni Microsoft’ga to‘lamasdan bepul tarqata olishgan. Nolinchi yillarda veb-xizmatlarning rivojlanishi davrida, dasturchilar hatto veb-brauzerlar yaratuvchilariga to‘lamasdan, o‘z saytlaridan pul ishlashlari mumkin edi.
Bugungi kunda esa, 10 yildan ortiq vaqtdan beri, biz Kremniy vodiysidagi ikki kompaniya butun dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilar o‘z telefonlariga o‘rnatishi mumkin bo‘lgan dasturlarni to‘liq nazorat qilayotgan, paradoksal vaziyatda yashayapmiz. Va Google hali ham o‘z Play Store’dan tashqarida ilovalardan foydalanish uchun cheklangan imkoniyatni taqdim etishiga qaramay, Apple o‘z foydalanuvchilariga bitta maqsad — natijada yoki foydalanuvchilar yoki dasturchilar to‘lashga majbur bo‘lgan 30 foizli haq undirilishi uchun yaratilgan yopiq ekotizimidan nariga o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu bilan birga, Apple va Google o‘z platformalari uchun uchinchi tomon ilovalari mualliflari tufayli bozorda o‘zlarining monopol mavqeiga ega. Microsoft va boshqa kompaniyalarning smartfonlar uchun o‘z operatsion tizimlarini ommalashtirishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi, chunki uchinchi tomon ilova dasturchilari allaqachon iPhone va Android uchun foydalanuvchilarni jalb qiladigan va ushbu smartfonlarni tanlashga majbur qiladigan ko‘plab ilovalarni yaratdilar. Ya’ni, Apple ilova dasturchilaridan ikki karra — o‘zlarining smartfonlariga raqobatdosh ustunlik yaratish uchun bepul ishchi kuchi sifatida va o‘z xizmatlarining 30 foizini sotishdan ortiqcha daromad manbai sifatida foydalanadi.
Vaziyatni tuzatish uchun nima qilish kerak
Yaqinda Yevropa Komissiyasi Apple kompaniyasining bozordagi mavqeini suiiste’mol qilganlik to‘g‘risida antimonopol tekshiruv ishlarini boshladi. Bu ijobiy qadam. Smartfonlar foydalanuvchilari va smartfonlar uchun ilovala dasturchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida biz ushbu muhokamalarda Yevropa Ittifoqi va boshqa yirik yurisdiktsiyalardagi tartibga soluvchilar bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.
Rossiyaning antimonopol xizmati hanuzgacha Apple’ga uning smartfonlarida rossiyalik ilovalarni oldindan o‘rnatish talablari nuqtai nazaridan qiziqish bildirmoqda. Bu yetarli o‘lchov emas: agar biz oldindan (ishlab chiqarish bosqichida) o‘rnatish haqida gapiradigan bo‘lsak, men milliy davlatlar o‘rnida Apple’ni hech bo‘lmaganda davlatning o‘z — alternativ ilova do‘konlarini oldindan o‘rnatishga majbur qilishga harakar qilgan bo‘lar edim, bu esa mahalliy dasturchilarga o‘z aylanmalarining 30 foizini Kaliforniyaga yubormaslikka imkon berar edi. Bu Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlarida muhokama qilinayotgan raqamli soliqqa qaraganda mahalliy IT’ni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada samaraliroq chora bo‘lar edi. Korporatsiyalarga 3% raqamli soliq solishga urinishdan oldin davlatlar birinchi navbatda Apple va Google kompaniyalariga 30% «raqamli soliqni» to‘lashni to‘xtatishlari kerak.
Maksimal dasturga kelsak, u Sharqiy Yevropa va boshqa tartibga soluvchilar uchun bo‘lishi kerak, bu Apple’ga foydalanuvchilarga nafaqat AppStore orqali ilovalarni o‘rnatishga ruxsat berish majburiyatini yuklashi kerak. Foydalanuvchilar o‘zlarining smartfonlarida dasturlarni erkin ishlatish huquqiga ega bo‘lishlari kerak — xuddi bugungi kunda o‘z kompyuterlariga har qanday dasturni o‘rnatishi mumkin bo‘lganidek.
Ko‘pgina startaplar uchun bunday o‘zgarish har qanday soliq imtiyozlariga qaraganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu amalga oshmasa, Apple kompaniyasining bir yarim trillion dollardan oshgan kapitallashuvi o‘sib borishda davom etadi. Shu vaqtning o‘zida Rossiya, Ukraina, Belorusiya va boshqa mamlakatlarning dasturchilari o‘zlarining startaplarini Kremniy vodiysidagi gigantlar uchun oz miqdordagi pulga sotishda davom etadilar. Foydalanuvchilar ilovalar uchun 30% ko‘proq pul to‘lashni davom ettiradilar yoki past sifatli xizmatlardan qoniqishadi. Va hukumatlar qulay soliq rejimi va iste’dodlarning ko‘pligiga qaramay, nima uchun Kremniy vodiysining to‘laqonli analoglari o‘z mamlakatla

rida paydo bo‘lmayotgani haqida savol berishda davom etadilar.
Ikki millat usti korporatsiyalarning butun insoniyatdan soliq yig‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik — oson ish emas. Korporatsiyalar xizmatida — minglab lobbistlar, yuristlar va PR-agentlar. Ularning byudjetlari cheksizdir. Shu bilan birga, ilova dasturchilari tarqoq va qo‘rquv ostida, chunki ularning loyihalarining taqdiri butunlay Apple va Google’ning moyilligiga bog‘liq. Ammo biz qo‘rquv vaqti o‘tdi deb ishonamiz.
Hozir biz hozirgi vaziyatning zarari — milliardlab foydalanuvchilar, yuz minglab dasturchilar, milliy iqtisodlar, global taraqqiyot uchun zararli ekanligi haqida ochiq-oydin gapirishni boshlashimiz kerak.

Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga yoqishi mumkin...

1ta javob

  1. Muhammadjafar izohi:

    Tho’r ekan yozganlarin
    Inshaalloh apple va gogle kompanyalarni orta qoldiradigan odamlarni hayoliga kelmaganidan ishlab chiqaramiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan