Epic Games va Apple o’rtasidagi birinchi sud jarayoni bo’lib o’tdi

Oldinroq xabar berganimizdek, Fortnite videoo’yini App Store qoidalarini buzganligi sababli do’kondan olib tashlangan edi. Shu sababli videoo’yin yaratuvchilari Epic Games Apple ni sudga bergan edi. Bundan tashqari, Apple yaqinda Epic Games hisobini App Store Dan o’chirib tashlashligi va Unreal Engine da ishlaydigan Barcha ilovalarni taqiqlab qo’yish bilan tahdid qilgan edi. Va nihoyat, o’tgan haftadan beri davom etayotgan sud jarayonlarida Epic Games yaratuvchilarining foydasiga ustunlik mavjud. Ammo ommabop o’yin bilan bog’liq vaziyat unchalik yaxshi deya olmaymiz.

Sudya Yvonne Gonsales Rogers Apple kompaniyasiga taqiq qo’yish to’g’risida qaror qabul qildi, unga ko’ra kompaniya App Store-dagi Epic Games akkauntlarini o’chirib qo’yishga haqli emas. Bundan tashqari, Unreal Engine ni o’chirib qo’yish yuzlab boshqa kompaniyalarga ta’sir qilishi sababli, Epic Games uni boshqa kompaniyalarga foydalanishga ruxsat berganligi sababli, Apple-ga uni o’chirib qo’yish taqiqlangan.

«Apple va Epic Games bir-birlarini sudga berishlari mumkin, ammo bunday tortishuvlar boshqa kompaniyalar uchun muammolar tug’dirmasligi kerak», dedi sudya.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Epic Games foydasiga ikkita ijobiy qarorga qaramay, sud Fortnite o’yinini App Store-ga qaytarishni talab qilmadi, chunki ishlab chiqaruvchi Apple bilan tuzgan shartnomalarini, shuningdek do’kon qoidalarini bila turib buzgan. Eslatib o’tamiz, ommabop videoo’yinni olib tashlashdan oldin, o’yin davomida amalga oshirilgan barcha bitimlar uchun «Apple» ning 30 foizli komissiyasidan chetga chiqish uchun uchinchi tomon to’lov tizimining qo’llanilishida paydo bo’ldi.

Epicning navbatdagi sud majlisi 2020 yil 28 sentyabrda bo’lib o’tadi. Xorijiy nashrlarning xabariga ko’ra , da’volarni ko’rib chiqish sanasi, aniq ko’rinadigan bo’lsa, joriy yilda emas, balki tomonlar jarayonga tayyor ekanliglarida amalga oshiriladi.

Manba: 4pda.ru

Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga yoqishi mumkin...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan