Polsha hukumati Belorusdagi IT kompaniyalar va mutaxassislarni oilalari bilan ko’chib o’tishlariga shar-sharoit yaratib berishlari haqida rasmiy tarzda e’lon qilishdi

Xabaringiz bo’lsa kerak, Hozirda Belorusda bo’layotgan norozilik namoyishlari, sababli hukumat fuqarolarni internetdan uzib qo’yish holatlari Juda ko’p kuzatilyapti. Buning oqibatida IT sohasida anchagina rivojlangan davlatda, IT kompaniyalari noqulay vaziyatlarga ko’p duch kelishyapti. Shu sababli ko’p IT kompaniyalar Belorusdan boshqa davlatlarga ko’chib o’tishga majbur bo’lmoqda.

Polsha hukumati IT kompaniyalari va mutaxassislariga Belorusiyadan ishchilar va oilalar bilan ko'chib o'tishda yordam beradi

Polsha hukumati Belorus IT-kompaniyalari uchun «Business Harbor» ni qo’llab-quvvatlash dasturini e’lon qildi , uning doirasida IT mutaxassislari, startaplar, kichik va o’rta biznes, shuningdek yirik kompaniyalar Polshaga to’siqsiz ko’chib o’tishga yordam berishni aytishmoqda

Bugun Polsha xavfsiz biznes zonasi bo’lib, o’z muvaffaqiyatini Belorus bilan baham ko’rishni istaydi, deyiladi Polsha hukumati bayonotida.

Business Harbour tufayli Belorus fuqarolari barcha kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin: biznesni qanday ro’yxatdan o’tkazish, viza olish va yuridik yordam. Bundan tashqari, kompaniya xodimlari va ularning oilalarini boshqa joyga ko’chirishda har tomonlama ko’mak ko’rsatilmoqda.

Shuningdek, Polshaga ko’chib o’tadigan kompaniyalar 1 million zlotiy (taxminan 225 ming evro) miqdorida davlat ko’magi uchun murojaat qilishlari mumkin – tanlov 20 kompaniyaga mo’ljallangan, ammo vaqt o’tishi bilan uni kengaytirish mumkin.

Dastur nafaqat tashkilotlarga, balki alohida mutaxassislarga ham tegishli:

Muhandislik darajasi yoki IT sohasida tajribaga ega bo’lganlar tezlashtirilgan viza olish jarayonidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, Polshaning bir necha o’nlab texnologik kompaniyalari kelayotgan Belaruslik mutaxassislar uchun maxsus ish takliflarini tayyorladilar.

Business Harbour taraqqiyot vazirligi va Polshaning investitsiyalar va savdo agentligi tashabbusi bilan Bosh vazir devoni, tashqi ishlar vazirligi, Polsha korxonalarini rivojlantirish agentligi va Startup Hub Poland bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Agarda ko’plab Belorusidagi IT kompaniyalar Polsha ga ko’chib o’tadigan bo’lsa bu Belorus uchun fojia bo’lishi tayin.

Vaziyatni kuzatamiz, Bizni kuzatib borishda davom eting!

Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga yoqishi mumkin...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan