Frontend Dasturlash o’zi nima ?

Bugungi maqolamizda Frontend Development o’zi nima ekanligi haqida gaplashamiz. Frontend Development deganda ko’zimizning oldiga Web-saytning oddiygina verstkasi kelishi tabiiy xol. Ammo Frontend oddiy verstkami ?

Frontend bu oddiy Verstka emas !

Endi Frontend Dasturchilar oddiygina JavaScript, HTML, CSS da oddiygina chizishmaydi, hozirgi kunda Frontend dasturchilar saytning moslashuvchanligi, animatsiyalari va API bilan shug’ullanishadi. Frontend developerlarga bo’lgan talab hozirda yuqori va pasaymasa ham kerak, chunki kichkina bizneslar uchun veb-saytlar yaratilmoqda, shuning uchun hali Web dasturlash olmadi deb hisoblashingiz mumkin. Xo’sh endi savol tug’ilishi mumkin, Frontend Dasturchi bo’lish niyatida bo’lganlar qanday texnologiyalarni o’rganishlari kerak keling shu haqda ozgina gaplashamiz !

Frontend-da ishlatiladigan texnologiyalar

Ushbu texnologiyalar:

  • HTML
  • CSS
  • JavaScript
  • React.js
  • Vue.js
  • Angular
  • jQuery
  • TypeScript
  • Sass
  • Github
  • va yana boshqa JavaScript kutubxonalari

Frontend Dasturchilar necha pul oylik olishadi🤔 Ushbu savolga javob esa yiliga 76 Ming dollar albatta bu o’rtacha baholaganda, Frontend dasturchi o’zining sohasida eng zo’ri bo’lsa bundan ham ko’proq oylik olishi mumkin, bu oylikni hamma ola oladi degani emas agarda siz o’zingizni ustingizda ishlamasangiz unda siz uzog’i 300-400 dollar topishingiz mumkin. Dasturlashni o’rganishni bugundan boshlang !

Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga yoqishi mumkin...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan