IT NEWSLifehack

Telegramda reklama yoqish: Telegram Ads

Reklama joylashtirish bo’yicha mukammal qo’llanma

Bu maqolada biz Telegram Ads haqida to’liq ma’lumotlarni ko’rib chiqamiz. Siz bu maoladan reklama kabinetining interfeysini o’rganishingiz mumkin, imkoniyatlarni tanishish va reklama platformasining barcha nuqtai nazarlarini va kamchiliklarini bilishingiz mumkin.

Biz bu maqolada Telegram Ads yoqishning minimal summasini, har bir potensial mijoz va obunachi uchun potensial narxini hisoblaymiz, shuningdek, qaysi joyda CPM (Cost per massage) arzonroqligiga javob qidirib ko’ramiz: media yoki Telegram Ads da.

Telegram Ads nima

Telegram Ads – Telegramda reklama platformasi, unda reklama e’lonlarini 1 000 nafardan oshiq obunachisi bo’lgan ommaviy kanallarda va guruhlarda joylashtirishga imkon beradi. E’lonlar mobil va kompyuter versiyalarida ko’rinadi va xabarlar pastki qismida joylashgan bo’ladi.

Instrumentlarning afzalliklaridan biri – rus va o’zbek tillarida reklama yo’lga qo’yish imkoniyatidir. Matnni maksimal uzunligi – 160 belgidir (character).

O’zbekistonda minimal telegram adsga kirish narxi- 3 000 yevro. Kabinet ochilgan kunidan 12 oy ichida byudjetni ishlatishingiz mumkin. Rossiya uchun minimal kirish darajasi – 2 160 yevro.

Telegram Ads da Sektorlash

Telegram Ads da Meta va boshqa platformalarda mavjud bo’lgani kabi sotsial, demografik, jinsiy, texnik, shaxsiy qiziqishlar va boshqa belgilarga asosan auditoriyani segmentlash imkoniyati mavjud emas.

Telegram Ads da segmentlash imkoniyatlari:

  • Reklamani geolokotsiya bo’yicha ko’rsatish
  • Foydalanuvchilarga ma’lum tilda dastur mavjud bo’lgan reklamalarni ko’rsatish;
  • Ma’lum bir tematikalardagi kanallarda reklamani yo’lga qo’yish;
  • Foydalanuvchilarning qiziqishlariga ko’ra reklamani yo’lga qo’yish;
  • Reklamani ma’lum kanallarda ko’rsatish;
  • Ma’lum kanallar abonentlariga reklamani yo’lga qo’yish, shuningdek, uni boshqa kanallarda ko’rsatish;
  • Kontaktlar ro’yxatini yuklash va bu foydalanuvchilar uchun reklamani sozlash.

Kabinet interfeysi

Kabinet interfeysi – oddiy va tushunarli. Sozlash bir sahifada amalga oshiriladi. Matn va havola qo’shilgandan so’ng, siz e’lonni oldindan ko’rib chiqish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Har bir punktini alohida ko’rib chiqmaymiz, ba’zi eng asosiylari bilan tanishib chiqishimiz yetarli bo’ladi.

Siz reklama har bir foydalanuvchiga e’lonni ko’rsatish miqdorini tanlash, umumiy va kundalik byudjet, e’lon ko’rsatish vaqtini, target sozlamalarini to’g’irlashingiz mumkin.

Haftalik ravishda Instagram kanaluimizda qiziqarli maolalarni chop etib boramiz. Agar reklama, kreativlar va natijalarga erishish haqida ko’proq ma’lumot olishni istasangiz, Instagram kanalimizga obuna bo’ling va oxirgi yangiliklardan boxabar bo’ling.

Foydali kontent

Moderatsiya

Platformaning ahamiyatli kamchiligidan biri – moderatsiyaning (reklamani tekshirib chiqish) uzoq vaqt olishidir. Reklama materiallarining tekshirilishi 24 soatga qadar olishi mumkin. Agar reklama rad etiladigan bo’lsa, siz reklama xatoliklarini tuzatish va qayta tekshirish uchun yuborishingiz kerak bo’ladi, bu ham yana 24 vaqtning yo’qotilishiga sababchi bo’lishi mumkin degani.

Reklamaning rad etilishi sabablari har xil bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi reklama beruvchilarning aytishiga qaraganda reklamadagi kichik xatolar ham uning rad etilishiga sababchi bolishi mumkin ekan. E’lonning matnida kanal nomi kichik harflar bilan yozilganligi ham reklamaning moderatsiyadan o’tmasligi sababi bo’lishi mumkin.

E’lon yaratish bosqichi

Maqsadli auditoriya: maqsadli auditoriyangiz kimligini aniqlang. Sizning auditoriyangizni tushunish, keyingi e’lonlar joylashtirish va segmentlashga yordam beradi.

Kontent yaratish: potensial mijozingizga mahsulotingiz qiymatini yetkazib beruvchi va Telegram talablari bilan mos keladigan qiziqarli kontent yaratish.

Kanallarni tanlash: maqsadli auditoriyangizning ko’roq obuna bo’lgan Telegram kanallarini tanlang. Kanallarning “nakrutka” urilmaganligini albatta tekshiring, sababi har bir ko’rsatilgan reklama uchun pulingiz ketadi.

Analiz: reklamingizning samaradorligini aniqlash uchun mavjud CTR, CPC, CPS va obuna konvertatsiyasi analizlarini tez tez kuzatib boring.

O’zgarishlarni kiritish: ma’lumotlardan foydalanib reklamani optimallashtirish maqsadida auditoriyani, kontentni, byudjetni va albatta narxlarni analiz qilib boring.

Telegram ads va kanallar

Kanal adminstratorlari orqali reklamaning qulayliklari

Reklama uchun kreativ: reklama variantlarining xilma xilligi: video qo’shish yoki 10 tagacha rasm bilan va tekst uzunligi reklama beruvchi xoxish istagiga qarab beriladi.

Narx bo’yicha kelishuv: reklama beruvchiga Telegram kanalining administratori bilan narx bo’yicha kelishish imkoniyati mavjud, ayniqsa, uzoq muddatli hamkorlikda.

Manbaga ishonch: Kanalga obuna bo’lgan foydalanuvchilar odatda kanal administratoriga ishonishadi, bu reklamaning samaradorligini oshirishi mumkin.

Qulaylik: Reklama administratorlar orqali reklama berish anchagina oson, turli xil sozlamalar ishlatish shart emas.

Kanal adminstratorlari orqali reklamaning kamchiliklari

Vaqt: Reklama joylashtirish uchun har bir kanal administratori bilan aloqada bo’lish zarurati bor, har biri bilan alohida suhbat, narx bo’yicha kelishuv va alohida analiz.

Reklama berilganlik kafolatlarining yo’qligi: Telegram Ads dan asosiy farqlaridan biri kanal administratorlari ko’rsatilishlar yoki aloqa soni haqida kafolat bermaydi.

Manbaga ishonch: Kanal kundalik ravishda har xil bankni reklama qilishi, tez tez reklama beruvchilar almashib tursa, kanalga ishonch kamayadi.

Analitika yo’q: Rasmiy statistika va analitik vositalar bo’lamasligi reklamaning samaradorligini kuzatishga imkon bermaydi.

Telegram Ads afzalliklari:

Protsessni avtomatlashtirish: reklama beruvchilar har bir kanal administratori bilan aloqaga chiqish va reklama joylashish haqida kelishishga zarurat yo’q.

Segmentlash: platforma auditoriyani segmentlash, reklama e’lonini joylashish vaqtini va joyini tanlash imkonini beradi.

Analitika: platformaning vositalari reklamaning samaradorligi va xarajatlari to’g’risida tafsilotli statistikani taqdim etadi.

Foydalanishning osonligi: reklama kabinetining interfeysi oddiy va tushunarli, bu reklama kampaniyalarini sozlash va boshqarish jarayonini osonlashtiradi.

Telegram Ads kamchiliklari:

Narx: Telegram Ads ga kirishdagi qimmat narx, hozirgi vaqtda Telegram Ads ga kirish anchagina qimmat (3000 yevro).

Reklama kreativining nouniversalligi: reklama imkoniyatlari va formatlari platforma qoidalariga bog’liq. Masalan, matn uzunligi – 160 belgi, rasm va videolar joylashtirilmaydi.

Moderatsiya: Reklama tekshirish vaqti 24 soatga qadar olishi mumkin. Reklamadagi kichik xatoliklar, uni moderatsiya tomonidan rad qilinishiga sababchi bo’lishi mumkin.

Auditoriyani segmentlash: platformada ijtimoiy, demografik va boshqa belgilarga asosan auditoriyani segmentlash imkoniyati yo’q.

CPM (ming kishiga ko’rsatish) ko’rsatgichi

Telegram Ads da CPM uchun to’lov (ming kishiga ko’rsatish ko’rsatgichi) bor. Minimal kirish darajasi – 3 000 yevro. O’zbekistondagi minimal CPM – 2,77 yevro (hozirgi kurs bo’yicha 24 000 so’m).

Biznes odatda reklamani OAVlardan sotib oladi. Biz gazeta.uz ga reklama joylashtirish va Telegram Ads yoqishni solishtirib ko’ramiz. Gazeta.uz telegram kanaliga reklama joylashishning narxi – 4,7 mln so’m. 32 soat ichida post 26 000 ta ko’rsatish to’pladi. CPM da esa bu ko’rsatkich – 180 ming so’m (13,3 evro). Bu Telegram Ads standart reklamadan 4.8 barobar arzonroq degani.

 Bu OAV da reklama berishdan to’liq voz kechish kerak degani emas, sababi OAVlarga odamlar ko’proq ishonishadi hamda bir martalik marketing kompaniyasi orqali potensial mijozlarga ko’proq ma’lumot yetkazish imkoniyatini beradi. Ammo Telegram Ads hozirgi kunda yangi reklama instrumenti bo’lganligi sababli yangi bozorlarga kirish va yangi kompaniyalar orqali brand uchun marketing maqsadlariga erishishga imkoniyat yaratadi.

Xulosalar

Telegram Ads – Telegram-kanallarga va tashqi resurslarga auditoriyani jalb qilish uchun ajoyib vosita, lekin kirishdagi katta xarajat tufayli kichik bizneslar hozirda foydalanishi murakkab.

Telegram Ads turli maqsadlar uchun ajoyib yechim: brend taniqliligini ko’tarish, obunachilar jalb qilish, lid olib kelish va sotuvni oshirish.

Agar sizda ortiqcha 3 000 evro bor bo’lsa va yangi marketing kanal qidirayotgan bo’lsangiz Telegram Ads ni sinab ko’rishingiz mumkin. Hozir yirik brendlar o’rtasida kuchli raqobat mavjud emas.

Shares:

Related Posts

AI

ChatGPT bu – nima?

ChatGPT - bu maqolamizda bu AI dahosi to'g'risida qiziqarli va batafsil ma'lumot berishga harakat qildim, mehnatimni qadrlash uchun, maqolani do'stlarga ulashishni unutib qo'ymang va albatta bu yerga ularni ham taklif