Marketing

SEO nima? SEOning foydali tomonlarini ko’rib chiqamiz!

1      SEO nima? SEO haqida to’liq ma’lumot oling!

 

SEO ingliz tilidagi Search Engine Optimization (Qidiruv Mashinalari uchun Moslashtirish) ma’nosini beradi. Bu soha saytlarning qidiruv mashinalari (Google, Yandex) tomonidan qanday indeks qilinishi, sayt ma’lumotlarining foydalanuvchilar (user) tomonidan qidiruv mashinalari yordamida qanchalik samarali topilishini o’rganadi va optimallashtiradi. SEOning asosiy vazifasi veb-sayt ma’lumotlarini (tekst, rasm) qidiruv mashinalari uchun imkon qadar moslashtirish hisoblanadi. SEO anchagina keng soha bo’lib, juda ko’p qismlarni o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada SEO haqidagi eng sodda va boshlang’ich tushunchalarni ko’rib o’tamiz.

 

1.1    Nima uchun SEO zarur?

 

Ma’lumki, har bir saytning ishlashidan asosiy maqsad bu sayt egasi tomonidan qandaydir foyda olish yoki daromad topishdir. Ba’zan daromad faqat pul mablag’lari bilan o’lchanmasdir, ammo har bir sayt albatta qaysidir jihatdan foyda ko’rish uchun tayyorlanadi, desak xato fikr bo’lmaydi. Saytning davomadini belgilab beruvchi asosiy omil – bu uning foydalanuvchilari soni va ularning saytdan qanday foydalanayotganligi hisoblanadi. Hech kim tashrif buyurmaydigan saytning har qancha sifatli hostingda joylashganligi, har qancha chiroyli domenga ega ekanligidan qat’iy nazar, uning hech qanday qadri va foydasi bo’lmaydi. Foydalanuvchilar (userlar) saytga suv va havo dek zarur. Foydalanuvchilar foydalanmaydigan sayt esa keraksiz buyumdan farq qilmaydi. Saytga foydalanuvchilarni olib keladigan asosiy narsa undagi ma’lumotlarning aktulligi, foydalanuvchilar uchun maqbulligi hisoblanadi. Har bir foydalanuvchi u yoki bu saytga faqat qaysidir turdagi ma’lumot uchun kiradi. Shuning uchun sayt samaradorligini, tashrif buyuruvchilar sonini oshirish maqsadida ko’pchilik saytlarni reklama qilishadi. SEO esa huddi shu reklamaning bepul turi hisoblanadi. Ya’ni, minglab dollar sarflab reklama qilingan saytlar har ba’zan SEOga yaxshi e’tibor berilgan saytlardek ko’p foydalanuvchini o’ziga jalb qila olmaydi.

O’z saytingizga ega bo’lganingizdan so’ng unga ma’lumotlarni shunchaki kiritib qo’yishingizning va foydalanuvchilar kelishini kutishingizning o’zi kifoya qilmaydi. Saytingiz sahifalarini foydalanuvchilar tomonidan oson topilishini ta’minlash haqida ham bosh qotirish kerak. Foydalanuvchilar ma’lumotlarni asosan Google, Yandex, Yahoo, Bing kabi eng ko’p tarqalgan qidiruv mashinalari yordamida qidirib topishadi. Ushbu mashinalarning har bir kalit so’z (keyword) uchun minglab ma’lumotlar indeksi bo’ladi. Sizning saytingiz ma’lumotlari qidiruv mashinalaridagi indekslar ichidan yuqoriroq joy egallashini istasangiz, ular orqali saytingizga ko’proq tashrif buyuruvchilar kelishini xohlasangiz saytingizning SEO holati haqida bosh qotirishingiz kerak.

Saytning SEO darajasi asosan original maqolalar, to’g’ri tanlangan kalit so’zlar asosida ko’tariladi. WordPress uchun plaginlar yordamida SEO ishi ancha osonlashtirilgan.

1.2    SEO natijalari haqida:

 

1.2.1     Saytga maqsadli auditoriya trafigini oshirish

Foydalanuchilar qidiruv kalit so’zlarini kiritadilar. Agar sayt qidiruv tizimining TOP natijalarida ko’rsatilsa, foydalanuvchilar ushbu saytga o’tadilar. Ular hozir mahsulot yoki xizmatni joriy vaqt qidirayotgan bo’lishadi, bu esa foydalanuvchilar qiymatini ancha yuqoriga ko’taradi.

1.2.2     Tranzaksiyalar va sotuv oshishi

Agar veb-sayt foydalanuvchilar uchun qulay bo’lsa, mahsulotlar assortimenti xilma-xil bo’lsa, narxlar maqbul bo’lsa va buyurtma berish oson va tez bo’lsa, saytga kirgan foydalanuvchilar sizning to’g’ridan to’gri mijozingizga aylanishi mumkin.

1.2.3     Qayta sotuvlar va potensial sodiq mijozlar

Yuqori sifatli optimallashtirilganligi va sayt puxta tuzib chiqilgan bo’lsa,mijoz kelajakda ham yana xarid oshirishi ehtimoli mavjud. Agar foydalanuvchi xariddan keyin mahsulot va xizmatdan mamnun bo’lsa, unda buni biznes kelajagi uchun foydalanish mumkin. Masalan, CRM marketingidan foydalangan holda har bir mijoz bilan aloqa o’rnatib, uning mahsulot haqidagi fikri, qoniqqanlik darajasi o’rganilishi mumkin.

 

1.3    SEOning afzalliklar va kamchiliklari

 

SEOning afzalliklar:

  • Sayt foydalanuvchisi saytga kirgani uchun hech qanaqa xarajat qilish shart emas: qidiruv mashinalari SEO orqali saytga tashrif buyuruvchilar uchun saytdan hech qanday to’loq qa’bul qilib olmaydi, faqatgina kontekst reklama (Google Ads, Yandex direct) yoqilsagina, reklama sababli yechib olishi mumkin.
  • Qaynoq trafik: Saytga kalit so’zlar terib kirgan foydalanuvchi aynan sizning xizmatingiz ayni vaqtda zarurligini bildiradi va bu sizga o’z mahsulotlaringizni aynan kerakli auditoriyaga yetib borishini ta’minlaydi.
  • Kalit so’zlarga urg’u berish funksiyasi: siz qaysi kalit so’zlar orqali sahifangizni rivojlantirsangiz, aynan o’sha kalit so’z orqali trafik va potensial mijozlar oqimini saytingizga olib kelishingiz mumkin.
  • Foydalanish qulayligi ortadi: agarda siz saytingizni SEO qilsangiz, saytingiz foydalanish uchun yanada mukammal bo’ladi, bu esa mijozlaringizni saytdan osonroq foydalanishiga asos bo’ladi.

Kamchiliklar:

  • Natijalarning vaqt olishi: optimizatsiya qilinganidan so’ng qidiruv mashinalari sayt index qilib chiqish uchun vaqt kerak bo’ladi, Top-10 likni ma’lum vaqt davomida shakllantirishi esa, yangi SEO qilingan saytni topga olib chiqishini uzoqroq vaqt talab qilishiga sababchi bo’ladi.
  • Saytni qayta ko’rib chiqish xarajatlari va sarflanadigan vaqt: SEO mutaxassis saytni optimallashtirish rejalarini tuzib chiqqanidan so’ng, sayt programmistlariga texnik topshiriq beradi, shundan so’nggina sayt SEO optimallashtiriladi. Bu jarayon 2-4 haftagacha vaqt olishi va qo’shincha xarajat talab qilinishi mumkin.

1.4     SEO qanday qismlarga bo’linadi?

 

  • On-page SEO (ichki optimallashtirish) – bu saytni ichki kontentini: tekst, rasm va boshqa turdagi ma’lumotlarini optimallashtirish;
  • Off-page SEO (tashqi optimallashtirish) – tashqi linklarni ko’paytirish, ularning sifatini oshirish, SMM bilan ishlash, va boshqa saytlarda content joylab trafik olib kelish;
  • Technical SEO (texnik SEO) – saytning ishlash tezligi, foydalanuvchiga qulayligini optimallashtirish
  • Local SEO (mahally SEO) – bu google business va yandex businessda profilalr ochish hamda, mahalliy geolokatsiya bo’yicha profilini yurgazishga aytiladi

Umuman olganda, SEO bu sizga, optimallashtirishdan so’ng bepul trafik olib keluvchi xizmat turi hisoblanadi. SEO xizmatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz bizga aloqaga chiqishingiz mumkin.

Shares:

Related Posts